Kassa, ombor, filiallar, mijozlar, moliya va marketing bir joyda. Har bir so‘m, har bir dona va har bir mijoz nazoratda.

G‘iloflardan powerbankgacha — har bir aksessuar hisobda
















36 soniyada: sotuvdan hisobotgacha va tayyor reklama postigacha.
Bir nechta dastur va daftar o‘rniga — bitta tizim. Hammasi bir-biriga bog‘langan: sotuv omborni kamaytiradi, kirim tannarxni yangilaydi, hisobot o‘zi tuziladi.
Shtrix-kod va kamera, aralash to‘lov (naqd + karta + nasiya), chegirma, bonus, chek chop etish.
Aloqa uzilsa ham sotuv davom etadi — internet qaytganda o‘zi serverga yuboriladi, dublikatsiz.
Har filialning qoldig‘i alohida. Xodim o‘z filialidan sotadi, rahbar hammasini ko‘radi.
Filiallar orasida jo‘natish va qabul qilish; yo‘lda yo‘qolgan tovar ham hisobda.
Xaridlar tarixi, VIP va doimiy segmentlar, nasiya qarzlari, keshbek bonus tizimi.
Buyurtma berish, qisman qabul qilish, ta’minotchiga qarz va to‘lovlar nazorati.
Kassa va karta qoldig‘i, xarajatlar, sof foyda. Yozuvlar o‘chirilmaydi — har harakat izi qoladi.
Daromad, foyda, kategoriya, kassir va sotuvchi kesimida. Excel, PDF va CSV eksport.
Smenani ochish va yopish, inkassatsiya, Z-hisobot — kamomad avtomatik aniqlanadi.
Chek, seriya raqami yoki telefon bo‘yicha kafolatni tekshirish va murojaatni rasmiylashtirish.
Mahsulot rasmi va haqiqiy narxidan post va story dizayni, kontent kalendar, Telegram’ga nashr.
Savdo tahlili, nimani reklama qilish bo‘yicha takliflar. Har bir amal sizning tasdig‘ingiz bilan.
Mahsulotni skanerlang yoki bosing — chek bir necha soniyada tayyor. Har sotuv ombor, moliya va hisobotga o‘zi yoziladi.

Qaysi tovar qaysi do‘konda nechta — bitta jadvalda. Kam qolganini bir bosishda boshqa filialdan ko‘chiring.

Tizim mahsulotning asl rasmi va bazadagi haqiqiy narxidan chiroyli dizayn va matn tayyorlaydi — dizayner shart emas.

Kunlik dinamika, eng ko‘p sotilganlar, sekin sotilayotgan tovarlar va sof foyda — taxmin emas, haqiqiy ma’lumot.

Kundalik ishni tezlashtiradigan kichik, lekin muhim narsalar.

Jami xarid, cheklar, qarz va bonus — bir qarashda. Qarzni shu yerning o‘zida to‘lash mumkin.

Mahsulot rasmi, nomi va narxi — brend rangida. Yuklab oling yoki Telegram’ga rejalashtiring.

Har mahsulotda rasm, SKU, shtrix-kod, tannarx, narx va qoldiq holati.

Kassir telefon yoki planshetda ham sotadi — katta tugmalar, tez qidiruv.
Bittalab yoki Excel’dan import. Shtrix-kod va yorliq tizimning o‘zi yaratadi.
Kassir, sotuvchi, omborchi — har biriga o‘z roli va filiali.
Kompyuter, planshet yoki telefonda. Hisobotlar birinchi chekdan boshlab tayyor.

Telefondan kirib bugungi savdo, qoldiq va qarzlarni ko‘ring. Kassir esa planshet yoki telefonda sotishi mumkin.
Qo‘shimcha dastur o‘rnatish shart emas — brauzer orqali.
Pul va tovar hisobi ishonchli bo‘lishi kerak. Shuning uchun xavfsizlik — tizimning asosi.
Har xodim faqat o‘ziga ruxsat berilganini ko‘radi va qiladi.
Parol + telefon ilovasidagi kod (2FA).
Har kecha shifrlangan nusxa, 14 kunlik tarix.
Kim, qachon, nima qildi — o‘zgartirib bo‘lmaydigan tarix.
Kassa ishlashda davom etadi. Sotuvlar qurilmada saqlanadi va internet qaytganda serverga avtomatik yuboriladi. Har sotuvning noyob kaliti bor — ikki marta yozilib qolmaydi.
Cheklov yo‘q. Har filialning qoldig‘i alohida yuritiladi, xodim o‘z filialiga biriktiriladi va faqat ruxsat berilgan bo‘limlarni ko‘radi.
Excel jadvaldan import qiling yoki bittalab qo‘shing. Shtrix-kodi yo‘q mahsulotlarga tizim o‘zi kod yaratadi va yorliq chop etadi.
Ha. Telefon, planshet va kompyuterda brauzer orqali ishlaydi. Telefon kamerasi shtrix-kod skaner vazifasini ham bajaradi.
Har xodimning roli va ruxsatlari bor, kirishda 2FA yoqish mumkin. Har kecha shifrlangan zaxira nusxa olinadi, barcha amallar audit jurnaliga yoziladi.
O‘zbek, rus va ingliz tillarida. Har bir xodim o‘ziga qulay tilni tanlaydi.
Hisobingiz bo‘lsa — kiring. Hisob kerak bo‘lsa, administrator sizga yaratib beradi.
Tizimga kirish